Fuqarolik protsessual kodeksi 112-modda. Daʼvoni taʼminlash choralarining saqlanish muddati

Daʼvo rad qilingan taqdirda, daʼvoni taʼminlash choralari hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar saqlanib qoladi. Biroq sud daʼvoni taʼminlash choralarini bekor qilish toʻgʻrisida hal qiluv qarori bilan bir vaqtda yoki u qabul qilinganidan soʻng ajrim chiqarishi mumkin. Daʼvo qanoatlantirilgan taqdirda, daʼvoni taʼminlash choralari hal qiluv qarori amalda ijro etilguniga qadar oʻz kuchini saqlab qoladi.