Sudning daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi ushbu ajrimning ijrosini toʻxtatmaydi. Sudning daʼvoni taʼminlashni bekor qilish toʻgʻrisidagi yoki daʼvoni taʼminlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi ushbu ajrimning ijrosini toʻxtatib qoʻyadi.