Fuqarolik protsessual kodeksi 122-modda. Arizani koʻrmasdan qoldirish asoslari

Sud quyidagi hollarda arizani koʻrmasdan qoldiradi, agar: 1) ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; 2) manfaatdor shaxs nomidan ariza ish yuritishga vakolati boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; 3) fuqarolik ishlari boʻyicha sudning, iqtisodiy sudning yoki hakamlik sudining ish yurituvida ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ish mavjud boʻlsa; 4) taraflar oʻrtasida ushbu nizoni hal qilish uchun hakamlik sudiga topshirish toʻgʻrisida hakamlik bitimi tuzilgan boʻlsa; 5) ishni oʻzining ishtirokisiz muhokama qilishni iltimos qilmagan taraflar ikkinchi chaqiruv boʻyicha ham uzrli sabablarsiz sudga kelmasa, sud esa ishga oid mavjud materiallar asosida ishni hal qilish mumkin emas, deb hisoblasa; 6) ishni oʻzining ishtirokisiz muhokama qilishni iltimos qilmagan daʼvogar ikkinchi chaqiruv boʻyicha sudga kelmasa, javobgar esa ishni mazmunan koʻrishni talab qilmasa; 7) alohida tartibda yuritiladigan ishni muhokama qilish vaqtida sudga taalluqli huquq toʻgʻrisida nizo kelib chiqsa; 8) xotini homilador boʻlgan vaqtda yoki bola tugʻilganidan keyin bir yil davomida er xotinining roziligisiz nikohni bekor qilish toʻgʻrisida daʼvo taqdim etgan boʻlsa; 9) daʼvogar tomonidan arizani koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida ariza berilgan boʻlsa; 9¹ ) daʼvogarning manfaatlarini koʻzlab prokuror, davlat organi, tashkilot va boshqa shaxs tomonidan taqdim etilgan daʼvodan daʼvogar voz kechgan boʻlsa va bunda uchinchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qilinmasa; 10) daʼvogar tomonidan nizoni javobgar bilan sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilinmagan, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa; 10¹ ) daʼvogar nizoni javobgar bilan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish orqali hal qilish tartibiga rioya etmagan boʻlsa, basharti bu mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa; 10² ) mediatsiya tartib-taomilini am