Fuqarolik protsessual kodeksi 14-modda. Ishlarni qonunchilik asosida hal qilish

Sud ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hal qilishi shart. Sud, agar Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga zid boʻlmasa, boshqa qonunchilik hujjatlarini ham qoʻllaydi. Nizoli munosabatni tartibga soladigan huquq normalari mavjud boʻlmagan taqdirda, sud shunga oʻxshash munosabatlarni tartibga soladigan huquq normalarini qoʻllaydi, bunday normalar mavjud boʻlmaganda esa nizoni qonunlarning umumiy asoslari va mazmunidan kelib chiqqan holda hal etadi. Sud Oʻzbekiston Respublikasining qonuniga yoki xalqaro shartnomasiga muvofiq chet davlatning huquq normalarini ham qoʻllaydi.