Fuqarolik protsessual kodeksi 146-modda. Sud jarimalarini solish tartibi

Sud jarimalari ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda solinadi. Sud jarimasini solish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi jarima solingan shaxsga darhol yuboriladi. Sud tomonidan solinadigan sud jarimasining miqdori bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oshmasligi kerak.