Fuqarolik protsessual kodeksi 158-modda. Sudning chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani topshirish muddati

Sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va sud protsessining boshqa ishtirokchilariga sudga oʻz vaqtida kelish va ishga tayyorlanish uchun yetarli vaqtga ega boʻlishini moʻljallab topshirilishi yoki yetkazib berilishi kerak.