Fuqarolik protsessual kodeksi 182-modda. Sud tomonidan daʼvo ishini yuritish tartibida koʻriladigan ishlar

Sud tomonidan daʼvo ishini yuritish tartibida koʻriladigan ishlarga, agar qonunchilikda ularni koʻrishning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan boʻlsa, fuqarolik, mehnat, oilaviy, uy-joy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan daʼvolar boʻyicha ishlar kiradi.