Fuqarolik protsessual kodeksi 2-modda. Fuqarolik sud ishlarini yuritish vazifalari

Fuqarolik sud ishlarini yuritish vazifalari quyidagilardan iborat: fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, Oʻzbekiston Respublikasining huquqlari va manfaatlarini, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida fuqarolik ishlarini toʻgʻri, oʻz vaqtida koʻrib chiqish va hal etish; qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashga, demokratiyani, ijtimoiy adolatni, fuqarolar oʻrtasida tinchlik va milliy totuvlikni taʼminlashga koʻmaklashish; qonunga va sudga nisbatan hurmat munosabatini shakllantirish.