Fuqarolik protsessual kodeksi 216-modda. Sud tarkibini eʼlon qilish va rad qilish huquqini tushuntirish

Raislik qiluvchi sudning tarkibini eʼlon qiladi, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisining kotibi sifatida kimlar ishtirok etayotganligini maʼlum qiladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning rad qilish toʻgʻrisida ariza berish huquqini tushuntiradi.