Fuqarolik protsessual kodeksi 240-modda. Ekspertni soʻroq qilish

Ekspertning xulosasi sud majlisida oʻqib eshittiriladi, shundan keyin xulosani tushuntirish va toʻldirish maqsadida ekspertga savollar berilishi mumkin. Ekspertiza kimning arizasi boʻyicha tayinlangan boʻlsa, oʻsha shaxs va uning vakili birinchi boʻlib, keyin esa ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar savollar beradi. Sudning tashabbusi bilan tayinlangan ekspertga birinchi boʻlib daʼvogar savollar beradi. Sudya (sudyalar) ekspert soʻroq qilinayotganida unga istalgan vaqtda savollar berishga haqli.