Fuqarolik protsessual kodeksi 242-modda. Davlat boshqaruvi organlarining xulosalari

Sud tomonidan sud protsessida ishtirok etish uchun jalb qilingan yoki oʻz tashabbusi bilan protsessga kirishgan davlat boshqaruvi organlarining xulosalari sud majlisida oʻqib eshittiriladi, shundan keyin xulosalarni oydinlashtirish va toʻldirish maqsadida sud, ishda ishtirok etuvchi shaxslar mazkur organlarning vakillariga savollar berishi mumkin.