Fuqarolik protsessual kodeksi 27-modda. Oʻzaro bogʻliq bir nechta talabning sudga taalluqliligi

Oʻzaro bogʻliq boʻlib, baʼzilari fuqarolik ishlari boʻyicha sudga, baʼzilari esa iqtisodiy sudga taalluqli boʻlgan bir nechta talab birlashtirilganda, barcha talablar fuqarolik ishlari boʻyicha sudda koʻrilishi kerak. Oʻzaro bogʻliq boʻlgan, baʼzilari fuqarolik ishlari boʻyicha sudga, baʼzilari esa maʼmuriy sudga taalluqli boʻlgan bir nechta talabni birlashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.