Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi ushbu Kodeksning 189-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak. Ushbu Kodeksning 189 va 270⁸-moddalarida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan daʼvo arizasi ushbu Kodeksning 195-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq daʼvogarga qaytariladi.