Fuqarolik protsessual kodeksi 279-2-modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ishlar

Agar daʼvoning bahosi yuridik shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan yuz baravaridan, jismoniy shaxslarga nisbatan esa ellik baravaridan oshmasa, daʼvo arizalari boʻyicha ishlar soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilishi lozim. Agar ushbu moddaning uchinchi va beshinchi qismlarida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlmasa, daʼvogarning iltimosnomasiga koʻra, javobgarning roziligi bilan boshqa ishlar ham soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilishi mumkin. Agar ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqish chogʻida quyidagi holatlar belgilanadigan boʻlsa, sud ishni daʼvo ishini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha koʻrish haqida ajrim chiqaradi: 1) ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqish davlat sirining, tijorat sirining yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirning oshkor etilishiga olib kelishi mumkin boʻlsa; 2) qoʻshimcha holatlarni aniqlash yoki qoʻshimcha dalillarni tekshirish, shuningdek dalillarni ular turgan joyda koʻzdan kechirish va tekshirish, ekspertiza tayinlash yoki guvohlarning koʻrsatuvlarini eshitish zarur boʻlsa; 3) bildirilgan talab boshqa talablar bilan bogʻliq boʻlsa, shu jumladan uchinchi shaxslarga taalluqli boʻlsa yoki mazkur ish boʻyicha qabul qilingan sud hujjati bilan uchinchi shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari buzilishi mumkin boʻlsa; 4) ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqish chogʻida ushbu bobda belgilangan qoidalar boʻyicha koʻrib chiqilishi lozim boʻlmagan qarshi daʼvo berilgan boʻlsa. Ishni daʼvo ishini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha koʻrishga oʻtish toʻgʻrisidagi ajrimda umumiy tartibga oʻtish uchun asoslar koʻrsatiladi. Ajrim chiqarilganidan keyin ishni koʻrish boshidan boshlanadi. Oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir nechta talab bildirilgan boʻlib, ulardan biri ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan talablarga taalluqli boʻlgan,