Fuqarolik protsessual kodeksi 279-3-modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ish boʻyicha daʼvo arizasiga doir talablar

Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ish boʻyicha daʼvo arizasi ushbu Kodeksning 189-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ish boʻyicha daʼvo arizasiga ushbu Kodeksning 191-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinadi.