Fuqarolik protsessual kodeksi 28-modda. Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining sudloviga tegishli ishlar

Ushbu Kodeksning 26-moddasida koʻrsatilgan ishlar fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarida koʻriladi, bundan qonunda shunday ishlarni koʻrish boshqa sudlar vakolatiga berilgan hollar mustasno.