Fuqarolik protsessual kodeksi 282-modda. Sirtdan ish yuritish tartibi

Ish sirtdan ish yuritish tartibida koʻrilganida sud ishdagi mavjud dalillarni tekshirish bilan kifoyalanadi, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vajlari va iltimoslarini eʼtiborga olib, hal qiluv qarori chiqaradi, bu hal qiluv qarori sirtdan chiqarilgan deb ataladi. Daʼvogar tomonidan daʼvoning predmeti yoki asosi, daʼvo talablari miqdori oʻzgartirilganda sud mazkur sud majlisida ishni sirtdan ish yuritish tartibida koʻrishga haqli emas. Bu holda ishni koʻrish daʼvo arizasini daʼvo predmeti yoki asosi, daʼvo talablari miqdori oʻzgartirilgan holda javobgarga topshirish uchun keyinga qoldiriladi. Agar sud majlisiga kelmagan javobgardan ishni uning ishtirokisiz koʻrish haqida ariza kelib tushsa, ish sirtdan ish yuritish tartibida emas, umumiy tartibda koʻrilishi lozim.