Fuqarolik protsessual kodeksi 283-modda. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining mazmuni

Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining mazmuni ushbu Kodeks 253-moddasining qoidalari bilan belgilanadi. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining xulosa qismida ushbu hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqish haqida ariza berish muddati va tartibi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.