Fuqarolik protsessual kodeksi 284-modda. Hal qiluv qarorining koʻchirma nusxalarini yuborish

Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasi taraflarga ushbu qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa u elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.