Sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi; 2) bolani farzandlikka olish (bundan buyon matnda farzandlikka olish deb yuritiladi) haqidagi; 3) fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish va fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi; 4) fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi; 5) shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi; 6) shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi; 7) voyaga yetmagan shaxsni toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish (emansipatsiya) toʻgʻrisidagi; 8) mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish haqidagi; 9) taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda, ular boʻyicha huquqlarni tiklash (chaqirib ish yuritish) toʻgʻrisidagi; 10) yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi.