Sud farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ishlarni farzandlikka oluvchilar (oluvchi), vasiylik va homiylik organlarining vakillari, shuningdek prokuror albatta ishtirok etgan holda koʻrib chiqadi. Zarur hollarda, sud farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasini (otasini yoki onasini), uning qarindoshlarini va boshqa manfaatdor shaxslarni, shuningdek oʻn yoshga toʻlgan bolaning oʻzini ishda ishtirok etishga jalb qilishi mumkin. Sud farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ishlarni sudning yopiq majlisida koʻrib chiqadi.