Sud fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi ishni albatta mazkur fuqaroning, prokuror hamda vasiylik va homiylik organi vakilining ishtirokida koʻradi. Agar fuqaro sud majlisiga kelmasa, ushbu Kodeks 186-moddasining qoidalari qoʻllanadi. Sud fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi ishni prokuror hamda vasiylik va homiylik organining vakili ishtirokida koʻrib chiqadi. Ishi koʻrib chiqilayotgan fuqaro, agar uning sogʻligʻi holati imkon bersa, sud majlisiga chaqiriladi.