Fuqarolik protsessual kodeksi 316-modda. Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud xarajatlari

Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish bilan bogʻliq sud xarajatlari arizachidan undirilmaydi. Agar sud ariza fuqaroning oila aʼzolari tomonidan insofsizlik qilib, asossiz ravishda fuqaroning muomala layoqatini cheklash yoki uni muomala layoqatidan mahrum etish maqsadida ataylab berilgan deb topsa, sud xarajatlarini oila aʼzolaridan undiradi.

32-bob. Shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish