Fuqarolik protsessual kodeksi 325-modda. Ishni koʻrib chiqish

Voyaga yetmagan shaxsni toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi ish sud tomonidan arizachi, uning ota-onasi (ulardan biri) yoki farzandlikka oluvchilar (oluvchi) yoki homiy, shuningdek vasiylik va homiylik organining vakili hamda prokuror ishtirokida koʻrib chiqiladi.