Mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish toʻgʻrisidagi ariza davlat mol-mulkini boshqarish vakolatiga ega organ yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan mol-mulk (ashyo) turgan joydagi sudga beriladi. Arizada qaysi mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish kerakligi koʻrsatilgan boʻlishi, shuningdek mol-mulk (ashyo) egasini aniqlashning imkoni yoʻqligini yoxud mol-mulk (ashyo) mulkdor tomonidan unga nisbatan mulk huquqini saqlab qolish niyatisiz qoldirganligini tasdiqlovchi dalillar keltirilgan boʻlishi kerak.