Fuqarolik protsessual kodeksi 332-modda. Sudyaning arizani qabul qilganidan keyingi harakatlari

Sudya arizani qabul qilganidan keyin: ariza beruvchining hisobidan ommaviy axborot vositalarida eʼlon chiqarish toʻgʻrisida; taqdim etuvchiga deb hujjat bergan muassasaning yoʻqolgan hujjat boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishini va pul berishini ish sudda koʻrilguniga qadar taqiqlash haqida ajrim chiqaradi. Sud ajrimining koʻchirma nusxasi hujjatni bergan muassasaga yuboriladi. Ajrim chiqarish rad etilganligi ustidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.