Fuqarolik protsessual kodeksi 334-modda. Hujjatni saqlovchining majburiyatlari

Yoʻqolganligi toʻgʻrisida ariza berilgan hujjatni saqlovchi ajrim chiqargan sudga ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oylik muddat oʻtguniga qadar oʻzining hujjatga boʻlgan huquqlari haqida ariza berishi va bunda hujjatning asl nusxasini taqdim etishi shart.