Toʻplangan materiallar yoʻqolgan sud ishini yuritishni aniq tiklash uchun yetarli boʻlmasa, sud ajrim chiqarib, ish yuritishni tugatadi. Bu holda arizachi umumiy tartibda daʼvo taqdim etishga haqli. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uning saqlanish muddati bilan chegaralanmaydi. Biroq yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza bilan uni ijro etish maqsadida murojaat qilingan, bu vaqtga kelib ijro varaqasini ijroga qaratish muddati oʻtgan va u sud tomonidan tiklanmaydigan boʻlsa ham sud ish yuritishni tugatadi.