Chet el fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi sudlariga murojaat qilish huquqiga ega va ular fuqarolik protsessual huquqlardan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda foydalanadi. Chet el tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi sudlariga murojaat qilish huquqiga ega va ular oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun fuqarolik protsessual huquqlardan foydalanadi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va tashkilotlarining fuqarolik protsessual huquqlarining maxsus cheklanishiga yoʻl qoʻyilgan davlatlarning fuqarolari va tashkilotlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javob tariqasidagi cheklovlar belgilanishi mumkin.