Quyidagilar: 1) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati — tegishli fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan; 2) Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi — hududiy harbiy sudlarning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari va Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan; 3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻrib chiqadi.