Fuqarolik protsessual kodeksi 386-modda. Apellyatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni

Apellyatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: 1) shikoyat (protest) yoʻllanayotgan sudning nomi; 2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), uning yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili); 3) ishning raqami, shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarori, ajrim, qaror qabul qilingan sana va ushbu sud hujjatlarini qabul qilgan sud; 4) hal qiluv qarorining, ajrimning, qarorning notoʻgʻriligi nimadan iborat ekanligi; 5) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosi; 6) shikoyatga (protestga) ilova qilingan yozma materiallarning roʻyxati. Apellyatsiya shikoyatini shikoyat berayotgan shaxs yoki uning vakili imzolaydi. Apellyatsiya protestini prokuror yoki uning oʻrinbosari keltiradi va imzolaydi. Apellyatsiya shikoyatida (protestida) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning yoxud uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron pochta manzili koʻrsatilishi mumkin.