Fuqarolik protsessual kodeksi 390-modda. Apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) qoʻshilish

Sud protsessida apellyatsiya shikoyati bergan taraf tomonida ishtirok etayotgan sherik ishtirokchilar va uchinchi shaxslar berilgan shikoyatga qoʻshilishi mumkin. Mazkur shaxslar keltirilgan apellyatsiya protestiga ham qoʻshilishi mumkin. Shikoyatga (protestga) qoʻshilish haqida ariza berilganda davlat boji undirilmaydi.