Fuqarolik protsessual kodeksi 396-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining ishni koʻrish doirasi

Sud ishni apellyatsiya tartibida koʻrayotganda sud hujjatlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshiradi. U yangi dalillarni oʻrganib chiqishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin. Apellyatsiya instansiyasi sudi sud hujjatini toʻliq hajmda tekshirib chiqishi shart.