Fuqarolik protsessual kodeksi 415-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish muddati

Kassatsiya shikoyati (protesti) uni ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi. Alohida hollarda kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish muddatini ishni koʻrib chiqayotgan sudlov hayʼati tomonidan koʻpi bilan yana bir oyga uzaytirilishi mumkin.