Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ishni tegishli suddan talab qilib olishga haqli. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari, viloyat prokurori, unga tenglashtirilgan prokuror va ularning oʻrinbosarlari ushbu Kodeksning 419⁴-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning murojaatlari mavjud boʻlgan taqdirda yoki prokuror ishtirokida koʻrilgan ishlar boʻyicha yoxud qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ishlar boʻyicha taftish tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun tegishli suddan oʻz vakolatlari doirasida ishni talab qilib olishga haqli.