Fuqarolik protsessual kodeksi 419-15-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi tomonidan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) oʻrganish

Ushbu Kodeksning 419⁴— 419⁸-moddalarida belgilangan qoidalarga muvofiq berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi tomonidan unga ilova qilingan materiallar asosida, zarur boʻlgan hollarda esa ishni talab qilib olib oʻrganiladi. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) oʻrganish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi: 1) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ushbu Kodeks 419¹⁰-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga koʻra qaytarish toʻgʻrisida; 2) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ushbu Kodeks 419¹¹-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga koʻra ish yuritishga qabul qilishni rad etish haqida; 3) sud hujjatlarini taftish tartibida tekshirish asoslari mavjud boʻlmasa, taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida; 4) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish toʻgʻrisidagi yoki qabul qilishni rad etish haqidagi ajrim shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay chiqariladi. Taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi yoki taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va koʻrib chiqish uchun sudlov hayʼatiga oʻtkazish haqidagi ajrim shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay, ish talab qilib olingan taqdirda esa ikki oydan kechiktirmay chiqariladi. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) oʻrganish natijalari boʻyicha chiqarilgan ajrimning koʻchirma nusxasi shikoyat bergan shaxsga ushbu Kodeksning 27