Agar shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinganidan keyin shikoyatning (protestning) imzolanmaganligi yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan yoxud mansab mavqeyi koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, taftish instansiyasi sudi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldiradi. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holat bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin.