Kassatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyatni (protestni) koʻrib chiqib: 1) ajrimni oʻzgarishsiz qoldirishga; 2) ajrimni bekor qilishga va daʼvo arizani (arizani), ishni mazmunan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga; 3) ajrimni butunlay yoki qisman oʻzgartirishga yoxud bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga; 4) ajrimni bekor qilishga va daʼvo arizasini (arizani), ish materiallarini koʻrib chiqish uchun sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga haqli.