Fuqarolik protsessual kodeksi 419-21-modda. Taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) qoʻshilish

Sud protsessida taftish tartibida shikoyat bergan shaxs tomonida ishtirok etayotgan sherik ishtirokchilar va uchinchi shaxslar berilgan shikoyatga qoʻshilishi mumkin. Mazkur shaxslar taftish tartibida keltirilgan protestga ham qoʻshilishi mumkin. Shikoyatga (protestga) qoʻshilish haqida ariza berilganda davlat boji undirilmaydi.