Fuqarolik protsessual kodeksi 419-29-modda. Taftish instansiyasi sudi koʻrsatmalarining majburiyligi

Taftish instansiyasi sudining ajrimida, qarorida bayon qilingan koʻrsatmalar mazkur ishni yangidan koʻrayotgan sud uchun majburiydir. Taftish instansiyasi sudi u yoki bu dalilning ishonchliligi yoki ishonchsizligi toʻgʻrisidagi, ayrim bir dalillarning boshqalaridan ustunligi haqidagi, ish yangidan koʻrilgan taqdirda qanday qaror chiqarilishi kerakligi toʻgʻrisidagi masalalarni oldindan hal qilib qoʻyishga haqli emas.