Fuqarolik protsessual kodeksi 43-modda. Taraflar

Daʼvogar (ariza beruvchi) va javobgar fuqarolik sud ishlarini yuritishning taraflaridir. Oʻzining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat etgan yoinki manfaatini koʻzlab ish qoʻzgʻatilgan shaxs daʼvogardir. Oʻziga nisbatan talab taqdim etilgan shaxs javobgardir. Alohida tartibda yuritiladigan ishlar va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa ishlar boʻyicha ariza bergan shaxs arizachidir.