Sud hujjatlari ular qonuniy kuchga kirgandan keyin ijroga qaratiladi, bundan uning qonunchilikda belgilangan tartibda darhol ijro etilishi hollari mustasno. Sud hujjatining majburiy ijrosi, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi.