Fuqarolik protsessual kodeksi 457-modda. Ijro varaqasini qaytarib olish va yangi ijro varaqasi berish

Sud oʻzi tomonidan yozuvdagi xatolar, arifmetik xatolar bilan berilgan, shuningdek oʻzgartirilgan (bekor qilingan) sud hujjati asosida berilgan ijro varaqasini undiruvchining, qarzdorning, davlat ijrochisining arizasiga yoki oʻzining tashabbusiga koʻra taraflarni chaqirmagan va sud muhokamasini oʻtkazmagan holda qaytarib olishga hamda uning oʻrniga yangi ijro varaqasini berishga haqli. Yozuvdagi xatolar, arifmetik xatolar bilan berilgan yoki oʻzgartirilgan (bekor qilingan) sud hujjati asosida berilgan ijro varaqasi uni bergan sudga undiruvchi yoki davlat ijrochisi tomonidan ijro etilmasdan qaytariladi.