Fuqarolik protsessual kodeksi 61-modda. Mutaxassis

Dalillarni toʻplash, tekshirish va baholashda maslahatlar (tushuntirishlar) berish yoʻli bilan koʻmaklashish hamda ilmiy-texnika vositalarini qoʻllashda yordam berish maqsadida fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilim va koʻnikmaga ega boʻlgan, ishning yakunidan manfaatdor boʻlmagan voyaga yetgan shaxs sud majlisida yoki protsessual harakatlarda ishtirok etish uchun sud tomonidan mutaxassis sifatida jalb etilishi mumkin. Mutaxassisni jalb qilish toʻgʻrisida ishni sud muhokamasiga tayyorlash haqidagi ajrimda, sud majlisi davomida esa sud majlisining bayonnomasida koʻrsatiladi. Sudning mutaxassis chaqirish toʻgʻrisidagi talabi mutaxassis ishlab turgan tashkilot rahbari uchun majburiydir.