Fuqarolik protsessual kodeksi 70-modda. Sudda vakillik qilishi mumkin boʻlmagan shaxslar

Quyidagilar sudda vakillik qilishi mumkin emas: 1) voyaga yetmagan shaxslar, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno; 2) vasiylik va homiylik belgilangan shaxslar; 3) sudyalar, prokurorlar, surishtiruvchilar, tergovchilar, sud devoni xodimlari, bundan ular qonuniy vakil (ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) sifatida, shuningdek tegishli sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlarining vakili sifatida qatnashgan hollar mustasno; 4) manfaatlari vakolat beruvchining manfaatlariga zid boʻlgan shaxslarga huquqiy yordam koʻrsatayotgan yoki ilgari yordam koʻrsatgan shaxslar; 4¹ ) shu nizo bilan bogʻliq mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishda mediator sifatida ishtirok etganlar, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan va mediatorning ishtiroki yuzasidan oʻzaro rozilik boʻlgan hollar mustasno; 4² ) hakamlik muhokamasi davomida ayni shu nizo bilan bogʻliq holda hakamlik sudyasi sifatida ishtirok etgan shaxslar; 5) sudya, prokuror, sud majlisi kotibi, ekspert, mutaxassis, tarjimon bilan qarindoshlik munosabatlarida boʻlgan shaxslar.