Fuqarolik protsessual kodeksi 82-modda. Guvohni chaqirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma

Guvohni chaqirish toʻgʻrisida iltimosnoma taqdim etuvchi shaxs guvohning ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan qanday holatlarni tasdiqlay olishi mumkinligini koʻrsatishi va sudga uning familiyasi, ismi, otasining ismini, yashash joyini yoki ish, oʻqish joyini maʼlum qilishi shart.