Fuqarolik protsessual kodeksi 89-4-modda. Raqamli dalillarni koʻzdan kechirish va tekshirish shartlari

Sud mutaxassis ishtirokida raqamli dalillarni bevosita koʻzdan kechirishi va tekshirishi shart. Raqamli dalillarni sudga taqdim etish mumkin boʻlmagan yoki ularni yetkazib berishda qiyinchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda sud mazkur dalillar saqlanadigan joyda ularning koʻzdan kechirilishini va tekshirilishini talab qilishi mumkin.