Fuqarolik protsessual kodeksi 89-modda. Hujjatlarning aslini qaytarish

Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin ishdagi hujjatning asli uni taqdim etgan shaxsning iltimosnomasiga koʻra qaytarilib, hujjatning sudya tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxasi ishda qoldirilishi mumkin. Agar sud mumkin deb topsa, sud hujjati qonuniy kuchga kirguniga qadar yozma dalillar ularni taqdim etgan shaxslarga qaytarilishi mumkin. Mazkur shaxslar iltimosnoma bilan birga hujjat aslining tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxasini taqdim etadi yoki ishda qolayotgan koʻchirma nusxani sud tomonidan tasdiqlash toʻgʻrisida iltimosnoma beradi.