1. Garov majburiyatlar bajarilishini taʼminlash usullaridan biri hisoblanadi. 2. Garov tufayli kreditor (garovga oluvchi) qarzdor majburiyatlarni bajarmagan taqdirda garovga qoʻyuvchi garovga qoʻygan mol-mulk qiymatidan taʼminlanish huquqiga egadir. 3. Qonun boʻyicha haqiqiy boʻlgan har qanday majburiyatning: zayom, (bank beradigan qarz), ijara, oldi-sotdi, yuklarni tashish va huquqning har qanday subyektlari (jismoniy va yuridik shaxslar, davlat) oʻrtasidagi boshqa majburiyatlarning bajarilishi garov bilan taʼminlanishi mumkin.