Garov toʻgʻrisida 10-modda. Garov shartnomasining mazmuni

Garov shartnomasida tomonlarning nomi, joylashgan manzili (istiqomat joyi), garov turi, garov bilan taʼminlangan talabning mohiyati, uning miqdori, majburiyatni ijro etish muddatlari, garovdagi mol-mulkning roʻyxati, qiymati va turgan joyi, shuningdek tomonlarning kelishuviga erishilgan boshqa maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi zarur.